Tramp Vensga vasiyatnoma qoldirdi

Olam

image

AQSH yetakchisi Donald Tramp agar u suiqasd oqibatida halok bo‘lsa, AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensga hokimiyatni qabul qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar qoldirdi. Bu haqda Oq uy vakili Sebastyan Gorka “New York Post”ga bergan intervyusida so‘z ochgan.

Ta’kidlanishicha, Tramp agar Xitoy yoki boshqa dushman kuchlar uni yo‘q qilgan taqdirda, hokimiyat almashinuvi bo‘yicha qat’iy protokollar mavjud ekanini bildirgan.

“Agar Prezidentga biror narsa bo‘lsa, ish stolining tortmasida vitse-prezident nomiga yozilgan maktub saqlanadi”, degan Gorka.

Tramp “NewsNation” telekanaliga bergan intervyusida suiqasd qilgan davlatning “kulini ko‘kka sovurilishi”ni aytgan.

“Agar menga suiqasd qilinsa yoki o‘ldirilsam, AQSH bunga javoban o‘sha davlatni vayron qilishi haqida ko‘rsatma qoldirdim”, degan Tramp.

Gorkaning aytishicha, agar Xitoy yoki boshqa dushman tomon uni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lsa, hokimiyatni topshirish bo‘yicha maxsus tartib va qoidalar ishga tushiriladi.

“Balki ular buni aynan u yerda qilmas. Kimdir menga aytdi: ular havoga shunday narsa chiqarishi mumkinki, prezident 30 kundan keyin kasal bo‘lib qoladi. Men ular bunday ish qiladi deb umuman qo‘rqmayman. Prezident mening baholashimcha juda xavfsiz”, degan Gorka.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Pekinda muzokaralarni boshlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp suiqasd Jeyms Devid Vens ko'rsatma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing