Tramp O‘zbekistonda xizmat qilgan harbiylar bo‘yicha qaror qabul qilgan

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp 19 yanvar kuni Faxriylar masalalari departamentiga maxsus topshiriq bergan. Unda 2001 yildan 2005 yilgacha O‘zbekistondagi Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan faxriylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish nazarda tutilgan. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2001 yil 1 oktyabrdan boshlab 2005 yil 31 dekabrga qadar Qarshi-Xonobod O‘zbekiston aviabazasida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarda zaharlanish ta’siri o‘rganib chiqiladi. Ushbu vazifa AQSH Mudofaa vaziri buyruq chiqarilgan kundan boshlab 365 kun ichida ushbu topshiriqni bajarishi kerak.

Tadqiqot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

2001 yil 1 oktyabrdan 2005 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda aviabazadagi sharoitlarni batafsil baholash, shu jumladan ushbu davrda bazani ifloslantiruvchi har qanday toksik moddalarni aniqlash, toksik moddalarning aniq joylashuvi, ta’sir qilish muddati, zaharli moddalarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilar va bunday ta’sirning holatlari.

Faxriylar ishlari bo‘yicha kotib mudofaa vaziri bilan kelishgan holda 2001 yil 1 oktyabrdan 2005 yil 31 dekabrigacha O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan faxriylarning sog‘lig‘iga har qanday ta’sirini batafsil o‘rganish.

1 punktda aniqlangan har qanday toksik moddalar bilan zaharlanish va 2 punktda o‘rganilgan salomatlikka har qanday ta’sir orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish.

Eslatib o‘tamiz, 2001 yil 11 sentyabr teraktlaridan keyin terrorga qarshi urush ochgan AQSH Afg‘onistondagi harbiy harakatlarida foydalanish uchun oktabr oyida Xonoboddagi aerodromni ijara olgan. 2005 yil mayidagi Andijon voqealaridan so‘ng, amerikalik harbiylar O‘zbekiston talabi bilan u yerni tark etgan.

2006 yilda O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qo‘shilgach, bazadan Rossiya harbiylari foydalana boshladi. O‘zbekiston 2012 yilda KXSHTni tark etdi, shu yili mamlakatning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi qonun bilan tasdiqlanib, unda O‘zbekiston harbiy-siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmasligi, o‘z hududida boshqa davlatlarning harbiy bazasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing