Tramp Ukrainaga Patriot tizimlari yetkazib berilishini e’lon qildi
Olam
−
14 iyul 3383 2 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Patriot havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshiradi. Bu haqda kecha, 13 iyul kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Merilend shtatidagi Endryus qo‘shma bazasida ma’lum qildi.
Oq uy rahbari o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qiladigan mamlakat qancha tizim olishiga aniqlik kiritmadi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ularning “ba’zilari” Ukrainaga o‘tkaziladi. Uning tushuntirishicha, Vashington bu tizimlarni keyinchalik Kiyevga yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqiga sotish niyatida.
“Biz uchun bu biznes bo‘ladi. Va biz ularga (ukrainaliklar) Patriot tizimlarini yuboramiz. Bu ularga zudlik bilan kerak”, dedi Tramp.
Shuningdek, Amerika Prezidenti qaysi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga havo mudofaa tizimlarini sotish haqida gapirayotgani noaniq bo‘lib qoldi.
“Biz NATOga qurol jo‘natamiz, NATO esa bu qurollar uchun haq to‘laydi, 100%... Yuborilgan qurollar NATOga ketadi, keyin esa NATO bu qurollarni (Ukrainaga) bermoqchi, bu qurollar uchun esa NATO to‘laydi”, degan edi Tramp 10 iyul kuni kechqurun NBC News telekanaliga bergan intervyusida.
O‘z navbatida, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 11 iyul kuni Ukrainaga zarur bo‘lgan AQSHda ishlab chiqarilgan qurollarning ayrim turlari AQSHning Yevropadagi NATO ittifoqchilari bilan birga yuborilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollar Ukrainaga yuborilishi mumkin, Yevropa davlatlari esa AQSHdan o‘rniga sotib oladi.
“Siz biror narsani zavodda (AQSHda) buyurtma qilish va u yerga yetkazib berishdan ko‘ra, masalan, Germaniyadan Ukrainaga tezroq tashishingiz mumkin”, deya tushuntirdi Davlat departamenti rahbari Malayziyaga safari chog‘ida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr