Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Tramp TikTok’ning AQSHdagi “umri”ni 75 kunga uzaytirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp TikTok’ning mamlakatdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytiruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. 

“Mening administratsiyam TikTok'ni saqlab qolish bo‘yicha bitim ustida juda jiddiy ishlamoqda va biz katta yutuqlarga erishdik. Bitim yana biroz ishlashni talab qiladi. Umid qilamizki, Xitoy bilan halol hamkorlikda ishlashda davom etamiz. Menimcha, ular o‘zaro boj stavkalarimizdan unchalik mamnun emaslar. Biz TikTok'ning “soya ostida” qolishini istamaymiz. TikTok va Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda bitimga erishishga umid qilamiz", deb yozdi Donald Tramp.

Ma’lumot uchun, davlat rahbari lavozimiga kirishganidan so‘ng u TikTok’ning egasi bo‘lgan Xitoy kompaniyasi ByteDance ga 5 aprelgacha TikTok'ning AQSHdagi biznes qismini Amerika kompaniyaga sotishni majburiy qilgan edi. Trampning ta’kidlashicha, bitimning barcha huquqiy jihatlarini rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha vaqt zarur bo‘lib, aynan shu sababli u TikTok’ning mamlakatdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytiruvchi farmonni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlar tufayli TikTok ijtimoiy tarmog‘ining AQSHdagi aktivlarini sotish bo‘yicha bitim bekor qilingandi. Bitim TikTok’ga egalik qiluvchi Xitoy internet xoldingi – ByteDance va AQSH hukumati tomonidan ma’qullangan edi. Manbalar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bitim ijtimoiy tarmoqning operatsiyalari AQSHda joylashgan va asosan amerikalik investorlarga tegishli yangi kompaniyaga o‘tishini nazarda tutgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Xitoy TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing