Tramp Tesla’dan qutulmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ilgari sotib olgan Tesla avtomobilini sotish yoki sovg‘a qilishni o‘ylamoqda. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib, “New York Post” xabar berdi.

U bu mashinani Tesla  bosh direktori Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xarid qilgan edi. Biroq yaqinda ular o‘rtasida ochiq mojaroga sabab bo‘lgan ziddiyat yuzaga keldi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, gap Tesla Model S rusumidagi qizil rangli avtomobil haqida ketmoqda. Uning qiymati taxminan 80-100 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Tramp bu avtomobilni mart oyining boshida xarid qilgan. O‘sha paytda Maskning kompaniyasi uning bahsli chiqishlari tufayli tanqid ostida qolgan va Tesla Takedown deb nomlangan harakat tashkil topib, odamlarni kompaniya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirgan edi.

Shundan buyon avtomobil Oq uy oldidagi avtoturargohda turgan.

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat

Joriy yilning may oyi oxirida Ilon Mask Davlat samaradorligi departamenti rahbarligidan iste’foga chiqqach, Trampning “Katta soliq imtiyozlari to‘g‘risida”gi qonunini keskin tanqid qildi. Shuningdek, u Jared Ayzekmanni NASA rahbari etib tayinlamaslik qaroridan norozi bo‘ldi. Ayzekman – Mask bilan bir nechta loyihalarda hamkorlik qilgan tadbirkor va astronavt.

Mazkur qarorlar Tramp va Mask o‘rtasida keskin mojaroga sabab bo‘ldi. Mojaro davomida ular bir-birini ochiqchasiga haqorat qildi, hattoki Mask Trampga impichment e’lon qilinishini ochiq qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Mask AQSH Prezidenti Donald Tramp “Epshteyn fayllari”da borligini aytgandi. Epshteyn fayllari moliyachi Jeffri Epshteynning hujjatlaridir. U birinchi marta 2006 yilda ayblangan, fohishalikni tashkil qilishda aybini tan olgan va voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblangan. Milliarder 2019 yilning yozida AQSHda yana qo‘lga olindi. U qizlar, jumladan, 14 yoshli bolalar savdosi va ularni fohishalikka undashda ayblangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing