Tramp suratda uni semiz ko‘rsatgan nashrni aybladi
Olam
−
17 fevral 2024 6102 1 daqiqa
Tadbirkor va Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp ommaviy axborot vositasi(OAV)ni uning semiz suratlarini yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalanganlikda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, Trampning semirib ketgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, bu fotolar sun’iy intellekt yordamida chizilgan. Bu haqda siyosatchi "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
"Soxta yangiliklar suratning chap tomonidagi rasmni yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalangan", deb yozgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni Nyu-York sudi Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi. Hukmga ko‘ra, AQSHning sobiq prezidenti 355 million dollar jarima to‘lashi kerak. Bundan tashqari, unga Nyu-York shtatidagi kompaniyalarda uch yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlangan. Trampning o‘zi esa sud qaroridan shikoyat qilmoqchi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust