Tramp spikerlikka o‘zidan yaxshiroq nomzod ko‘rsatdi

Olam

image
AQSH tarixida birinchi bor Kongress spikeri rezolyutsiya bilan ishdan olindi (video) north_east

AQSH tarixida birinchi bor Kongress spikeri rezolyutsiya bilan ishdan olindi (video)

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kongress quyi palatasi spikeri lavozimiga Vakillar palatasining Sud qo‘mitasi raisi Jim Jordanning (Ogayo shtatidan respublikachi) nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozdi.

“U ko‘pchilikning hurmatiga sazovor bo‘lgan, hozirda Vakillar palatasining sud qo‘mitasiga raislik qilmoqda. U jinoyat, chegara xavfsizligi, faxriylarimiz bo‘yicha kuchli tajribaga ega, Jim Palataning ajoyib Spikeri bo‘ladi”, deb yozgan Tramp.

Qayd etish joizki, Jim Jordan birinchi bo‘lib spiker kursisi uchun kurashda ishtirok etishini e’lon qilgan. U allaqachon palata a’zolariga o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlashini so‘rab rasmiy murojaat yo‘llagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 oktyabr kuni Amerika qonun chiqaruvchi organi quyi palatasida ko‘pchilik sobiq spiker (respublikachi) Kevin Makkartini lavozimidan chetlatish uchun ovoz bergandi. AQSH tarixida birinchi marta Vakillar palatasi spikeri ishdan olindi.

Makkartini lavozimidan chetlashtirish uchun ovoz berishdan so‘ng, Vakillar palatasi bir haftalik tanaffusga chiqdi. Qonunchilar 11 oktyabr kuni yangi spikerni tayinlash uchun ovoz beradi. 10 oktyabr kuni respublikachilar vakillari yopiq forum o‘tkazadi, unda saylovda qatnashish istagida bo‘lganlar o‘z nomzodlarini ko‘rsatishi mumkin. Vakillar palatasi yangi spikeri saylanmaguncha, qonun chiqaruvchilar 2024 moliya yili byudjeti kabi ayrim masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega emas, lekin boshqa ishlar davom etishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp respublikachilar boshqa nomzod topmagunicha, bir muddat AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘lishga tayyorligini aytgan edi. Sobiq prezident Respublikachilar partiyasi uchun “30, 60 yoki 90 kun” muddatga spiker stulini egallashga tayyor ekanini bildirgandi. Shuningdek, u asosiy e’tibor prezidentlik saylovoldi kampaniyasiga qaratilganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing