Tramp Si Szinpinning huzuriga boradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 13–15 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyuradi.

Oq uy ham Trampning 14–15 may kunlari Xitoyga borishini ma’lum qilgan. Bu uning 2017 yildan beri Xitoyga amalga oshirayotgan ilk tashrifi bo‘ladi.

Aprel oyida Tramp va Si Szinpin Eronga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qilgan edi. O‘shanda Tramp Xitoy rahbaridan “ajoyib maktub” olganini aytgan.

Bundan oldin Tramp, agar Pekin Tehronga yordam berishda davom etsa, AQSH Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha 50 foizlik boj joriy qilishini aytgan edi. Xitoy esa o‘z navbatida hech qachon mojaro tomonlarining biriga ham qurol yetkazib bermaganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I eronlik mavqedoshi Abbos Aroqchi bilan muzokaralar chog‘ida Hormuz bo‘g‘ozini imkon qadar tezroq qayta ochishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing