Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaydi – Medvedov
Olam
−
11:36
2209Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp davrida Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bekor qilinishiga shubha bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Medvedovga ko‘ra, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishgach, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi ehtimoldan uzoq. Bu Amerika iqtisodiyotining bir qator tarmoqlari manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
“Saylangan prezident o‘z lavozimiga kirishgandan so‘ng bu sanksiyalarni darhol bekor qilishi dargumon deb hisoblayman. Qolaversa, u ma’lum bir davrda ba’zi sanksiyalarni qo‘llashda qat’iy turib olgandi”, deya ta’kidlagan siyosatchi.
Shuningdek, Medvedev Trampning Amerikadan Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib berish zarurligi haqidagi so‘zlarini esladi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevropa Rossiyadan suyultirilgan gaz olayotgani yo‘q, “shuning uchun yevropaliklar sovuqda qolib, ishlab chiqarish korxonalari to‘xtab qolmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun 400 dan ortiq tashkilot va shaxslarga sanksiyalar kiritgandi. Davlat departamentining 190 ta sub’ektga nisbatan sanksiyalari ko‘rsatilgan faktlar varaqasida ta’kidlanishicha, so‘nggi sanksiyalar Rossiyaga dastgohlar va mikroelektronika yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Xitoy kompaniyalariga nisbatan choralarni o‘z ichiga olgandi.
Mohinur Karimova
LiveBarchasi