Tramp Putin bilan qachon gaplashishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
17 mart
5808Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti ertaga, 18 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Kreml vakili Putin va Trampning bo‘lajak suhbati haqidagi asosiy tafsilotlarini oshkor qilmay suhbatning sanasi haqidagi savolga javob bergan.
“Ha, haqiqatan ham shunday. Seshanba kuni shunday suhbat tayyorlanyapti”, degan Dmitriy Peskov.
Avvalroq, AQSH yetakchisining maxsus vakili Stiven Uitkoff Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbati yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgandi. Keyinchalik Trampning o‘zi ham 18 mart kuni Rossiya Prezidenti bilan suhbatlashishni rejalashtirayotganini va suhbat davomida Ukraina mojarosi doirasidagi hududiy va infratuzilmaviy masalalarga alohida e’tibor qaratmoqchi ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi. Tramp Ukrainaning aynan Kursk viloyatidagi qo‘shinlarini saqlab qolish haqida so‘ragan.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

