Tramp prezidentlik saylovlarigacha koronavirusdan sog‘ayadimi? 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarigacha sog‘ayib ketadimi, degan savol hozir ko‘pchilikni o‘ylantiryapti. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining AQSH va Kanada instituti Bosh ilmiy xodimi Vladimir Vasilev aytdi

“Tramp hozir xavf ostida. Agar u 3 noyabrga qadar koronavirusni yengsa, bu unga ochko qo‘shadi. Shunda u amerikaliklar nazarida har qanday qiyinchilikka dosh bera oladigan Prezident sifatida namoyon bo‘ladi", degan Vladimir Vasilev. 

Siyosatshunosning fikricha, agar kasallik saylovga qadar davom etsa, bu demokratlar foydasiga ishlaydigan qo‘shimcha omil bo‘ladi. 

Shuningdek, siyosatchi Amerika saylovlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Trampning kasalligi haqidagi xabarlar respublikachilar saylovoldi shtabi tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi ham mumkinligini ta’kidlagan.

So‘z so‘ngida siyosatshunos nima bo‘lganda ham saylovlargacha hali bir oy borligini hisobga olgan va Trampning kasallikni yengishiga bemalol vaqti borligini aytgan. 

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Birinchi xonimi Melaniya Trampda koronavirus testi musbat natija bergandi

Eslatib o‘tamiz, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Bayden raqiblik qiladi. 

Ma’lumot uchun, AQSHda umumiy koronavirus yuqtirganlar soni 7 million 278 ming 384 kishiga yetgan. 207 ming 808 kishi esa vafot etgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing