Tramp partiyasining homiysi vafot etdi 

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning saylovoldi tashviqotining asosiy homiylaridan biri bo‘lgan milliarder Sheldon Adelson 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Associated Press"ga asoslanib xabar berilgan. 

Milliarder egalik qiluvchi Las Vegas Sands korporatsiyasi uning o‘limini tasdiqlagan. 

Qayd etilishicha, Adelsonning o‘limiga limfoma turlaridan biri sabab bo‘lgan. 

Asli yahudiy bo‘lgan Adelson Las-Vegasdagi kazinolarga egalik qiluvchi Las Vegas Sands korporatsiyasining ijrochi direktori hisoblangan va keyingi yillarda AQSH Respublikachilar partiyasining asosiy homiylaridan biri bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adelson shaxsiy ofisida partiyaning yetakchi strateglari va istiqbolli nomzodlarini qabul qilgan. 

Shuningdek, u Isroilning bepul kundalik "Israel Xayom" gazetasini moliyalashtirgan, uning tahririyati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashi bilan tanilgan. 

Milliarder Isroilning AQSHni qo‘llab-quvvatlashi Respublikachilar partiyasi dasturidagi asosiy bandlardan biri bo‘lishiga yordam bergan.

Avvalroq, Netanyaxu o‘zining Twitter'dagi sahifasidan AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bilan birga tushgan fotosuratini olib tashlagani haqida ma’lumot bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Sheldon Adel'son

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar