Qozog‘iston chorva eksportini taqiqladi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda chorva eksporti taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, chorvani qayta ishlash va qayta sotish uchun ommaviy ravishda eksport qilinishi go‘sht mahsulotlari narxining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, hozirgi vaziyat mamlakatdagi go‘shtni ishlash korxonalari va ozuqa maydonlari yuklanganligi kamayishiga olib kelgan. O‘rtacha hisobda 2019 yil ushbu korxonalar o‘z quvvatlarining yarimini ishlatishgan xolos. Bu chorva eksporti yuqori bo‘lgan vaziyatda zarur xomashyolarning yetishmasligi bilan bog‘liq.

“Ushbu tartibga o‘zgartirishlar kiritish kelgusi yillarda Qozog‘istonda chorvaning sonini saqlab qolish va ko‘paytirish, mahalliy go‘shtni qayta ishlash korxonalarini yuqori sifatli va arzon narxli xomashyo bilan ta’minlash, shuningdek, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga imkon beradi”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

2019 yil Qozog‘istondan yirik shoxli 156 ming bosh qoramol olib chiqilgan. Shundan 121,6 ming boshi yoki 78 foizi O‘zbekistonga, yana 14 foizi Armanistonga eksport qilingan.

Shuningdek, mamlakatdan qariyb 264 ming bosh olib chiqilgan, ularning yarmidan ko‘pi naslchilik zotlari bo‘lgan. Ularning asosiy xaridori ham O‘zbekiston bo‘lib, 200 ming qo‘y olib chiqilgan. Rossiyaga 21,5 ming, Ozarboyjonga 18 ming, Eronga esa 12 ming atrofida qo‘y eksport qilingan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing