Tramp Obamani davlatga xiyonatda aybladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zidan avvalgi davlat rahbari Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi. U 2016 yilda o‘zining saylovoldi kampaniyasi ustidan taqib olib borilganini iddao qilyapti.

“Bu davlatga xiyonat. Men ancha oldin ular bizning kampaniyani kuzatganini aytgandim, ko‘rishingiz mumkin. Ular bizni tinglagan. Ular mening kampaniyam ortidan ayg‘oqchilik qilgan. Bu haqda ancha oldin aytgandim. To‘g‘ri gapirgan ekanman”, degan Tramp CBN News telekanaliga bergan intervyusida.

Tramp may oyida Obamani “mamlakat tarixidagi ulkan siyosiy jinoyatda” ayblagandi”, biroq aynan qanday jinoyat ekaniga to‘xtalmagandi. Undan avvalroq Tramp Obama Prezidentligi davrida taqib qilinganidan ham shikoyat qilgan.

2017 yilda Tramp telefoni tinglanganini ham aytgan. Prezident AQSH Kongressidan Obama ma’muriyati vakolatini suiiste’mol qilgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Barak Obama

Baholaganlar

204

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing