Tramp Netanyaxu bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi

Olam

image

Kecha, 11 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda BBS xabar berdi.

Uchrashuv Yaqin Sharqda keskinlik kuchaygan va Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytda bo‘lib o‘tgan. Netanyaxu Trampni Eronning nafaqat uranni boyitishini to‘xtatish, balki ballistik raketa dasturi hamda HAMAS va “Hizbulloh” kabi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashini cheklovchi keng qamrovli kelishuvga erishishga undagan.

Davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqot deyarli uch soat davom etgan. Donald Tramp uchrashuvdan so‘ng, hech qanday matbuot anjumani o‘tkazmagan. Truth Social sahifasida esa Bosh vazir bilan bo‘lgan suhbat “juda yaxshi” bo‘lganini yozgan. Shuningdek, Eron bilan kelishuvga erishish eng to‘g‘ri variant ekanini, biroq bundan natija chiqmasa, boshqa choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Eron esa sanksiyalar yengillashtirilishi evaziga yadroviy dasturini cheklashga tayyorligini bildirgan. Mamlakat Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Tehron bundan boshqa “ortiqcha talablarga bo‘ysunmasligini” bildirgan.

Netanyaxu idorasi ikki davlat rahbari muzokaralar doirasida Isroil xavfsizlik masalalarini muhokama qilganini va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olganini qayd etgan. Bu Netanyaxuning Tramp lavozimga qaytganidan beri AQSHga oltinchi tashrifi bo‘ldi. Takidlash joizki, ayni vaqtga kelib AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini yanada kuchaytirmoqda. Tramp mintaqaga ikkinchi aviatashuvchi zarba beruvchi guruh yuborilishi mumkinligini ma’lum qilgan. 

Ekspertlarning fikricha, Isroil Eron bilan shoshilinch qabul qilinadigan kelishuvdan xavotirda. Ayrim tahlilchilar Tramp har qanday kelishuvdan ko‘ra natijaga tezroq erishishni afzal ko‘rishini ta’kidlashmoqda. Eron hukumati esa AQSH tomonidan ehtimoliy hujum mintaqaviy urushga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil AQSHni agar Tehron ballistik raketalar bo‘yicha belgilangan “qizil chiziq”dan o‘tsa, Tel-Aviv Eronga qarshi yakka holda harbiy zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Tramp Isroil Oq uy Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing