Tramp musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi
Olam
−
03 mart
5575AQSH Prezidenti Donald Tramp Ramazon oyi munosabati bilan barcha musulmonlarga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
“Bugun men Ramazon oyining boshlanishi munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Bu muqaddas oy – ro‘za, ibodat va jamoaviy yig‘ilishlar davridir. Bu – poklik va ezgulik yo‘lida yashash uchun umid, jasorat va ilhom olish vaqti”, degan AQSH rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hayot tarzining ajralmas qismi bo‘lgan diniy erkinlikni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
“Millionlab amerikalik musulmonlar Ramazon oyini nishonlashni boshlar ekan, mening ma’muriyatim Amerika hayot tarzining ajralmas qismi bo‘lgan diniy erkinlikni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Eng avvalo, biz tinch kelajakni barpo etish va har bir inson qalbiga singdirilgan qadr-qimmatni tan olish yo‘lidagi intilishimizni yangilaymiz”, degan Tramp.
U, shuningdek, barchaga yaxshi kunlar va tinchlik tilagan.
“Ushbu Ramazon oyida men barchangizga Xudoning cheksiz marhamati va ulug‘ sevgisini yodga olish bilan o‘tadigan quvonchli kunlarni tilayman. Xudo siz va oilalaringizni ushbu muborak faslda o‘z panohida asrasin”, deydi AQSH Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi