Tramp kuyovi va Toni Bler bilan G‘azo bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Olam

image
Trampning qudasi Makronni tandiq qildi. Parij esa uni TIVga chaqirtirdi north_east

Trampning qudasi Makronni tandiq qildi. Parij esa uni TIVga chaqirtirdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 27 avgust kuni Oq uyda G‘azodagi urush va urushdan keyingi rejalar yuzasidan siyosiy yig‘ilishga raislik qildi. Yig‘ilishda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler va Trampning kuyovi, Yaqin Sharq bo‘yicha sobiq vakili Jared Kushner ham ishtirok etdi. Bu haqda Oq uyning yuqori martabali rasmiysiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Rasmiyning aytishicha, Tramp Oq uyning yetakchi mansabdorlari, Bler va Kushner bilan oziq-ovqat yordamini kuchaytirish rejasi, urushdan keyingi masalalar va boshqa mavzularni muhokama qilgan. U yig‘ilishni “oddiy siyosat anjumani, Tramp va uning jamoasi tez-tez o‘tkazadigan turdagi yig‘ilishlardan biri” deb tavsiflagan.

Kushner Trampning qizi – Ivankaga uylangan va Trampning birinchi prezidentlik muddatida Yaqin Sharq bo‘yicha asosiy maslahatchisi bo‘lgan. Bler esa 2003 yilgi Iroq urushi vaqtida Britaniya bosh vaziri bo‘lib, shu pozitsiyasi uchun keng tanqidga uchragan.

Tramp saylovoldi kampaniyasida G‘azodagi urushni tez tugatishga va’da bergan edi, biroq prezidentlikning ikkinchi muddatidan yetti oy o‘tib ham bu masala hal etilmadi. Uning yangi muddati ikki oylik otishmalar to‘xtashi bilan boshlangan, ammo 18 mart kuni Isroil zarbalarida taxminan 400 falastinlik halok bo‘lgach, kelishuv buzilgan.

So‘nggi paytlarda G‘azodagi ochlikdan aziyat chekayotgan bolalarning suratlari dunyoda AQSHning ittifoqchisi bo‘lgan Isroilga nisbatan qattiq tanqid uyg‘otdi.

Fevral oyida Tramp AQSHning G‘azoni to‘liq nazoratga olishi va falastinliklarni doimiy ravishda hududdan ko‘chirish rejasini taklif qilgan edi. Bu g‘oya xalqaro miqyosda qattiq qoralandi va Birlashgan Millatlar va huquqshunoslar tomonidan “etnik tozalash” deb baholandi. Majburiy ko‘chirish xalqaro huquqqa ko‘ra noqonuniydir.

Tramp bu rejani (so‘nggi haftalarda ommaviy ravishda tilga olmagan) G‘azoni “Yaqin Sharqning Riverasiga aylantirish” loyihasi sifatida taqdim etgan. Bu g‘oya Kushnerning bir yil avval aytgan taklifini eslatdi: " G‘azoni falastinliklardan bo‘shatish va uni dengizbo‘yi mulkiga aylantirish".

“Financial Times” xabar berishicha, Toni Bler instituti urushdan keyingi G‘azo rejasi ustida ishlangan loyihada ishtirok etgan. Institut esa “urushdan keyingi qayta tiklanish rejalari yuzasidan turli guruhlar bilan ko‘plab muloqotlar bo‘lgani, ammo ularning birortasida aholini majburiy ko‘chirish g‘oyasi bo‘lmagani”ni ma’lum qilgan.

Shuningdek, AQSH Davlat departamentining ma’lum qilishicha, Davlat kotibi Marko Rubio Vashingtonda Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar bilan uchrashib, G‘azo va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan. Uchrashuvdan so‘ng Saardan Falastin davlatiga doir reja haqida so‘rashganda, u “bunday davlat bo‘lmaydi”, deb javob berdi. Shu paytda ayrim AQSH ittifoqchilari yaqin haftalarda Falastin davlatini tan olish rejalarini e’lon qilgan edi.

2023 yil oktyabridan beri Isroilning G‘azoga yo‘lga qo‘ygan vayronkor hujumlari oqibatida 62 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘ldi. Bu urush ochlik inqirozini keltirib chiqardi, butun aholini ichki ko‘chirdi va xalqaro sudlarda genotsid va urush jinoyatlari ayblovlariga sabab bo‘ldi. Isroil esa bu ayblovlarni rad etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Jared Kushner G'azo Toni Bler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing