Tramp koronavirusni aniqlovchi testdan bosh tortdi
Olam
−
12 mart 2020 12298 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusni aniqlashtiruvchi testdan o‘tishga rozi bo‘lmadi. U bu haqda bir guruh jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
“Men bu narsaga biror bir sabab ko‘rmayapman. Chunki o‘zimni yaxshi his etyapman”, degan Tramp.
Davlat rahbari, shuningdek, Oq uyning shifokori bilan suhbatlashganini, u testdan o‘tishga hojat yo‘qligini aytdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 126 629 nafardan oshdi. 4627 kishi kasallikdan vafot etdi. 68 218 bemor shifo topdi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel