Tramp koronavirus tufayli uxlamayapti
Olam
−
07 may 2020 7112 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi koronavirusdan yuqori o‘lim darajasi tufayli uyqusini yo‘qotdi. Bu haqda u “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men kechasi uxlamayapman. Chunki men mamlakatdagi holat haqida doimo o‘ylab chiqyapman“, deb ta’kidladi Tramp.
Shuningdek, u pandemiya paytida yaqinlarini yo‘qotgan amerikaliklarga murojaat qilib, ularni yaxshi ko‘rishini aytdi. AQSH Prezidenti, shuningdek, mamlakatdagi ushbu ko‘rinmas dushmanni tezroq yengish kerakligini ta’kidladi.
AQSHda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshdi. Mamlakat koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi.
AQSHda yangi virus qurbonlari soni 70 mingdan oshdi. O‘limning ko‘p qismi Nyu-York shtatida qayd etilgan. Epidemiya davrida 215 mingga yaqin odam davolandi.
Aprel oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari yangi koronavirus infeksiyasining paydo bo‘lishi va nima uchun Xitoy uni tezda to‘xtata olmaganligi to‘g‘risida keng miqyosli tekshiruvni boshladi. AQSH razvedka hamjamiyati virusning tabiiy ravishda paydo bo‘lganligini ta’kidlab, uning sun’iy ravishda sintez qilinmaganligini ta’kidladi. Keyin Tramp vaziyatga izoh bera olmasligini va mavjud ma’lumotlarni oshkor eta olmasligini aytdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025