Tramp Kongressga spiker bo‘lmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp respublikachilar boshqa nomzod topmaguncha, bir muddat Vakillar palatasi spikeri bo‘lishga tayyorligini aytdi. Bu haqda u “Fox News”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Ular [Respublikachilar] uzoq muddatli nomzod topgunlaricha, mendan [Vakillar palatasi] spikeri o‘rindig‘ini egallashni o‘ylab ko‘rishimni so‘rashdi. Men buni xohlaganim uchun qilmayapman. Lekin agar kerak bo‘lsa, men bunga tayyorman”, degan Tramp.

Garchi bir qator qonun chiqaruvchilari sobiq prezidentni spiker lavozimida ko‘rishini istasa-da,  Tramp unga kim bunday taklif berganini ochiqlamagan.

Tramp respublikachilarning “manfaati uchun” spiker stulini “30, 60 yoki 90 kun” egallashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, u asosiy e’tibor prezidentlik saylovoldi kampaniyasiga qaratilganini ta’kidladi.

“Politico” nashrining yozishicha, Tramp kelasi hafta spikerlik uchun o‘z nomzodini partiyadoshlariga taklif qilish uchun Vashingtonga boradi. Ta’kidlanishicha, bunday tayinlov dargumon, chunki Vakillar palatasi bu lavozimga hech qachon Kongress tashqarisidan biror kishini saylamagan. Hatto bu rasman taqiqlanmagan bo‘lsa-da.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH tarixida birinchi marta Kongressi Vakillar palatasi a’zolari spikerni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagandi.  Buning ortidan respublikachi Kevin Makkarti ishdan ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kongress spiker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing