Tramp Xitoydagi paradda Putin va Si Szinpin bilan uchrashishi mumkin – “Times”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp sentyabr oyi boshida Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Pekinga taklif qilinishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning “The Times” gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qator savdo bitimlari Trampni Pekinga nisbatan dushmanlik yo‘lini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan, bu esa Amerika yetakchisining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi sharafiga Xitoy poytaxtiga harbiy paradga taklif qilinishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘lgan.

Avvalroq Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin Xitoyga avgust oxiri – sentyabr oyi boshida tashrif buyurishi va u yerda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, 3 sentyabr kuni Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi va Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurash urushi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tadi. Paradda Xitoy o‘z arsenalidagi o‘zi ishlab chiqargan uskunalarini namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida “Bloomberg” nashri manbalariga tayanib, AQSH Prezidenti Donald Tramp kuzda Amerika kompaniyalari rahbarlari bilan Xitoyga borishi mumkinligini xabar qilgandi. Amerika ma’muriyati vakillari Oq uy rahbariga 2025 yilda Xitoyga bo‘lishi mumkin bo‘lgan safarda hamrohlik qilishdan manfaatdormi yoki yo‘qligini bilish uchun ayrim kompaniyalar rahbarlari bilan bog‘langan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing