Tramp Iroq va Afg‘onistondagi AQSH qo‘shinini qisqartiradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Iroq va Afg‘onistonda amerikalik harbiylar sonini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda AQSH Prezidenti administratsiyasidagi yuqori martabali amaldor ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

“Vakil ertaga Iroqda kelgusida harbiylarni olib chiqish to‘g‘risida, yaqin vaqtlarda esa Afg‘onistonga taalluqli boshqa bir xabar e’lon qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.

Iroqda 5 200 va Afg‘onistonda 8 600 nafar AQSH harbiylari bor. Taxminlarga ko‘ra, afg‘on diyoridagi amerikalik askarlar soni 4 ming nafargacha qisqaradi.

Ma’lumot uchun, o‘zidan oldingi Prezidentlar boshlagan Iroq va Afg‘onistondagi urushlarni tugatish Trampning saylovoldi dasturidagi asosiy band bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing