Tramp import qilinayotgan yadro yoqilg‘isini tahdid deb, tan olmadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakat ichida uran ishlab chiqarishga kvota belgilashdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters va Bloomberg imzolangan memorandumga tayanib xabar berdi.

Hujjatda Tramp Savdo vazirligining chetdan uran import qilish mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi haqidagi xulosalariga qo‘shilmasligini ma’lum qilgan. Tramp ular “sezilarli tashvish” tug‘dirayotganini shu sababdan bu masalaga yanada chuqurroq yondashish kerakligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda “milliy xavfsizlikning barcha aspektlari yadro yoqilg‘isini yetkazib berishning zanjiriga nisbatan to‘liq tahlil etilishi lozim”.

2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan uran fuqarolik yadro reaktorlarining 7 foiz yoqilg‘i sarfini qoplagan. Qolgan uran Kanada, Avstraliya, Qozog‘iston va Rossiyadan import qilingan.

2018 yil iyul oyi o‘rtalarida Energy Fuels Inc. va Ur-Energy Inc. hukumatni mport qilinayotgan uranga limit belgilashga chaqirgandan keyin AQSH Savdo vazirligi surishtiruv boshlagandi.

Kompaniyalar 2017 yilda AQSHda uran qazib olish tarixiy minimum darajasiga tushib ketganini ma’lum qilgan. Ariza beruvchilarning ko‘rsatishicha, uran soha asosan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mamlakatlardan yetkazib berilmoqda (Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy). Shuningdek, mudofaa va bandlik uchun xatarlar borligi aytilib, so‘nggi yillarda AQSHdagi uchta kompaniya qazib olishni to‘xtatgani ta’kidlangan.

O‘zbekiston 2017 yilda AQSHga U3O8 ekvivalentidagi 2,15 mln funt sterlinglik uran yetkazib berdi. Bu Qo‘shma Shtatlar uran importida davlatlar orasidagi beshinchi ko‘rsatkich.

AQSHga uran importida Kanada birinchi o‘rinni egallaydi – 14,05 mln funt, Avstraliya ikkinchi – 8,13 mln funt, Rossiya uchinchi – 7,07 mln funt va Qozog‘iston to‘rtinchi – 4,64 mln funt.

Shu bilan birga, O‘zbekiston urani eng arzonlaridan biri sanaladi - U3O8 ekvivalenti funtiga o‘rtacha narx 37,7 dollar. Rossiyada bundan ham arzonroq - bir funt uchun 31,5 dollar. Misol uchun, Qozog‘iston 38,3 dollardan, Kanada 40,6 dollardan, Avstraliya esa 42,4 dollardan sotadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh uran

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing