Tramp ikki hafta ichida Eron bo‘yicha qaror qabul qiladi – Oq uy
Olam
−
20 iyun 3454 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokara o‘tkazish ehtimoli yuqoriligi sababli ikki hafta ichida Eron bo‘yicha (hujum qilish yoki qilmaslik) qaror qabul qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt brifingda ma’lum qildi.
Livitt AQSH Prezidenti Trampning yana bir bor diplomatiyaga imkoniyat berishni istayotganini qayd etib, Eron bilan yadroviy muzokaralarda nima bo‘lishini ko‘rishni istashini aytdi.
Ma’lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri Prezidentdan yetkazishini aytgan AQSH vakili Tramp Eron bo‘yicha (hujum qilish yoki qilmaslik) ikki hafta ichida qaror qabul qilishini, chunki Eron bilan muzokaralar tez orada bo‘lib o‘tishi mumkinligini bildirdi.
“Eron bizning ogohlantirishlarimizga qaramay, 60 kundan beri muzokara stoliga o‘tirmadi. 61-kuni Isroil Eronga qarshi chora ko‘rdi va Prezident ikki hafta ichida qaror qabul qilishini aytdi”, dedi u.
Oq uy matbuot kotibi, agar unga yo‘l ochiq bo‘lsa, Tramp diplomatiyani afzal ko‘rishini ta’kidladi:
“Prezident dunyo bo‘ylab global mojarolardagi muammolarga diplomatik yechim topishdan doimo manfaatdor. Yana u tinchliksevar, lekin kuch ishlatishdan tortinmaydi”.
Live
Barchasi