Tramp grenlandiyaliklarga 100 ming dollardan bermoqchi

Olam

image

AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishni muhokama qilgan va bu orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga hamda AQSHga qo‘shilishiga ishontirmoqchi. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbalarga tayanib, “Reuters” nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, hali aniq to‘lov miqdori va logistika belgilanmagan bo‘lsa-da, Oq uy vakillari hamda boshqa rasmiylar bir kishiga 10 ming dollar dan 100 ming dollargacha to‘lovni muhokama qilgan. AQSH bu taklifni hududni Daniyadan tortib olish uchun ko‘rib chiqmoqda. Kopengagen va Nuuk rasmiylari esa Grenlandiyaning sotuvga qo‘yilmasligini ta’kidlamoqda. 

Biroq bu uzoq yillardan beri mustaqillik va Daniyaga qaramlikni muhokama qilib kelayotgan Grenlandiya aholisi uchun bu haddan tashqari tahqirlovchi taklif tarzda qabul qilinishi mumkin. 

Ma’lumki, Kopengagen va Yevropa yetakchilari Donald Tramp va boshqa Oq uy rasmiylarining Grenlandiya haqidagi izohlariga norozi munosabat bildirgan, Jumladan, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Daniya birgalikda bayonot berib, Grenlandiya va Daniya o‘zaro aloqalarni faqat o‘zlari hal qilishi mumkinligini ta’kidlagan.  

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuot anjumanida Tramp va uning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchilari “potensial xarid qanday bo‘lishini ko‘rib chiqayotganini” tasdiqlagan. Rubio esa Grenlandiya masalasida navbatdagi haftada Daniya hamkasbi bilan Vashingtonda uchrashishini aytgan. 

Oq uy ichidagi manbalarning aytishicha, bir martalik to‘lovlar bo‘yicha muhokamalar yangi emas, lekin so‘nggi kunlarda jiddiylashgan va 100 ming dollarlik to‘lov – jami 6 milliard dollar real imkoniyat sifatida ko‘rilmoqda. 

Oq uy rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Trampning yordamchilari Grenlandiya bilan Erkin assotsiatsiya shartnomasini (COFA) tuzishni ham muhokama qilmoqda.

Ma’lumot uchun, COFA shartnomalari avval faqat Mikroneziya, Marshall orollari va Palau bilan tuzilgan. AQSH odatda pochta xizmati, harbiy himoya kabi asosiy xizmatlarni taqdim etadi va evaziga Amerika harbiylari hududda erkin harakat qiladi, shuningdek, savdo bojxona to‘lovlarisiz amalga oshadi. 

So‘rovlar ko‘rsatadiki, grenlandiyaliklarning katta qismi mustaqillikni xohlaydi, lekin Daniyadan ajralishning iqtisodiy xarajatlari va boshqa omillar ko‘plab deputatlarni mustaqillik referendumini o‘tkazishdan to‘sib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi davlatlari, jumladan Fransiya va Germaniya, agar AQSH Grenlandiyani egallashga harakat qilsa, qanday javob berish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ustida ishlayotganini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Tramp grenlandiyaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing