Tramp G‘azoga qo‘shin kiritmoqchi
Olam
−
22 Oktabr 2025 5549 2 daqiqa
Yaqin Sharq mamlakatlari va boshqa ittifoqchilar HAMAS harakati vakillarini jilovlab qo‘yish uchun G‘azo hududiga qo‘shin kiritishga tayyor. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Oq uy rahbariga ko‘ra, Yaqin Sharq va uning atrofidagi “hozirda buyuk ittifoqchilarga aylangan” bir qator davlatlar, uning so‘roviga binoan, zarurat tug‘ilganda G‘azo sektoriga kuchli qo‘shin bilan kirib, “HAMASni jilovlashga” tayyor ekanliklarini bildirgan.
Trampning aytishicha, bu davlatlar katta ishtiyoq bilan yordam taklif qilgan. Shunga qaramay, Tramp ularni va Isroilni hozircha kutishga chaqirganini qayd etgan.
“Men bu davlatlarga va Isroilga “Hozir emas!” dedim. Hali HAMAS to‘g‘ri yo‘lni tanlashi mumkin degan umid bor”, deya qo‘shimcha qilgan AQSH Prezidenti.
Trampning ogohlantirishicha, agar HAMAS “kelishuvni buzishda davom etsa”, unga qarshi javob “tez, shiddatli va shafqatsiz” bo‘lishi mumkin.
U, shuningdek, Yaqin Sharqdagi barcha yordam taklif qilgan davlatlarga minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv 10 oktyabrda kuchga kirgan edi. Tomonlar bir-birini bir necha bor uni buzishda ayblagan.
13 oktyabr kuni AQSH, Misr, Turkiya va Qatar yetakchilari Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha vositachilik qilgan holda, kelishuvni imzoladi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqda “barqaror tinchlik”ka erishilganini ta’kidlagan. Uning rejasi mojaroni hal etish uchun asosiy ssenariy sifatida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bu AQSH Prezidentining HAMAS vakillariga ilk bor tahdid qilishi emas. Avvalroq, u Agar HAMAS G‘azo sektorida odamlarni o‘ldirishda davom etsa, ularning barchasi yo‘q qilinishi haqida gapirgandi. Tramp o‘shanda ham ba’zi kuchlar G‘azo ichiga kirishini inkor qilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025