Tramp Eronga yana hujum boshlamoqchi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlash masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, CNN xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Tehronning urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni olib borish uslubidan tobora norozi bo‘lib bormoqda. Oq uydagi ayrim maslahatchilarning aytishicha, u so‘nggi haftalarga nisbatan ancha qat’iy pozitsiyada.

CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, Tramp Hormuz bo‘g‘ozining yopiq qolishi va Eron rahbariyati ichidagi bo‘linishdan asabiylashmoqda. Uning fikricha, aynan shu ichki kelishmovchiliklar Tehronning yadroviy muzokaralarda yon berishini qiyinlashtiryapti.

Manbalarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati ichida ham turli qarashlar mavjud. Xususan, Pentagondagi ayrimlar Eronni muzokara stoliga majburlash uchun qattiqroq bosim va hatto yangi zarbalar tarafdori. Boshqalar esa diplomatiyaga hali imkoniyat berish kerakligini aytmoqda.

Shu bilan birga, Tramp atrofidagilar Pokiston vositachilaridan ham qattiqroq pozitsiya kutmoqda. Ayrim amerikalik amaldorlar Pokiston Eron pozitsiyasini Vashingtonga real holatdan ko‘ra “ijobiyroq” qilib ko‘rsatayotganiga shubha bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini keskin rad etgandi. U yangi taklif loyihasini “buni mutlqo qabul qilib bo‘lmaydi” degan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron AQSHga ko‘p sahifali reja yuborgan. Hujjat Pokiston orqali yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing