Tramp boshqacha yo‘l tutishni rejalashtirib qo‘ydi
Olam
−
17 dekabr 2020
9578AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp saylangan Prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi kuni Oq uyni tark etishdan bosh tortmoqchi. U bu haqda o‘z maslahatchilariga ma’lum qilgan, deb xabar qilmoqda CNN.
Manbaga ko‘ra, bu narsa Trampning ba’zi yordamchilarini xavotirga solib qo‘ygan. Lekin ko‘pchilik Trampning rejasi amalga oshishiga ishonmayapti.
Oq uy ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.
Ma’lumot uchun, 14 dekabr kuni saylovchilar kollegiyasi Jo Bayden AQSH Prezidenti etib saylanganini tasdiqladi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden uchun 306, Donald Tramp uchun 232 nafar saylovchi ovoz bergan. G‘olib bo‘lish uchun esa 270 ta ovoz to‘plash kerak edi. Ovoz berish natijalarini rasmiy tasdiqlash 6 yanvar kuni, Baydenning inauguratsiyasi esa 20 yanvarda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda umummilliy saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi