Tramp Baydenni Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar olib borishga chaqirdi

Olam

image

Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bo‘yicha muzokara olib borishi, Yevropa esa Kiyevga yordamini oshirishi kerak, dedi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp. Sobiq davlat rahbarining radio boshlovchisi Xyu Xyuittga bergan intervyusi jurnalistning saytida chop etilgan.

Tramp aniqlik kiritganidek, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina Qurolli kuchlariga ortiqcha harbiy yordam yubormasligi kerak. Buning o‘rniga u mamlakat rahbariyatini tinchlik muzokaralarini izlashga chaqirishi lozim. "Yevropa ko‘proq yordam berishi kerak, chunki Yevropa biz qilayotgan ishning faqat kichik bir qismini bajaryapti", deya qo‘shimcha qildi u.

Tramp Ukraina mojarosi Yevropaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishini tushuntirdi. AQSHning sobiq rahbari Ukraina va Rossiya “oxirgi marta jang qilishiga” ishonch hosil qilishni istashini aytdi.

Tramp avval Baydenni zaifligi va layoqatsizligi bilan dunyoni uchinchi jahon urushi yoqasiga olib kelganlikda ayblagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing