Tramp ayrim mahsulotlar uchun bojni 2 barobarga oshirdi

Olam

image

Kecha, 3 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp po‘lat va alyuminiy import tariflarini 25 foizdan 50 foizga oshirish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror Vashington vaqti bilan bugun, 4 iyun kuni yarim tunda kuchga kirdi.

May oyida AQSH bilan savdo shartnomasini imzolagan Buyuk Britaniyadan tashqari barcha mamlakatlar uchun tariflar oshirildi. Buyuk Britaniya uchun po‘lat va alyuminiy tariflari 25% da qoldirildi.

Oq uy tariflarni oshirishni “milliy xavfsizlikka putur yetkazuvchi savdo amaliyotlari”ga qarshi kurash chorasi deb atadi. Trampning qarori, uning ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, “AQSH po‘lat va alyuminiy sanoatini mustahkamlash”ga qaratilgan.

“The New York Times”ning yozishicha, AQSHning yaqin ittifoqchilari, jumladan, Kanada va Yevropa davlatlari po‘lat va alyuminiy tariflarining oshishidan norozi. Bu avtomobil va samolyot ishlab chiqaruvchilarni, qurilish va neft kompaniyalarini ham xavotirga solmoqda.

Joriy yil mart oyidan beri Qo‘shma Shtatlarga import qilinadigan barcha po‘lat va alyuminiyga 25 foizlik bojlar amal qilayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp boj alyuminiy po'lat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing