Kurs UZS

USD

12 915.00

-10.2

EUR

13 957.24

-25.24

RUB

153.55

0.97

Tramp “avtokrat” bo‘lish borasida hazillashmayapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH Konstitutsiyasini buzishi va bu orqali uchinchi muddatga saylanishi haqida hazillashmayotganini aytdi. U bu haqda kecha, 30 mart kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tramp AQSH Konstitutsiyasining 22-tuzatish bo‘yicha taqiqlangan Oq uyda uchinchi muddatga saylanish taqiqini chetlab o‘tish istagi realligini oshkor qilib, buni amalga oshirishning usullari borligini aytdi. U NBC News telekanaliga bergan maxsus intervyusida ilgari ham bir necha bor aytilgan bu maqsad borasida hazil qilmaganiga aniqlik kiritdi.

"Ko‘p odamlar buni qilishimni xohlaydi. Ammo men ularga aytmoqchimanki, bizda uzoq yo‘l bor, bilasizmi, bu uchun hali juda erta. Men hozirgi narsalarga e’tibor qaratyapman", dedi Tramp 30 mart kuni ertalab NBC News bilan telefon qo‘ng‘irog‘ida.

AQSH Prezidenti yana bir muddatni xohlaysizmi, degan savolga, "Men ishlashni yaxshi ko‘raman", deya javob qaytardi. Unga uchinchi muddatga saylanishga ruxsat berish rejalari taqdim etilganmi yoki yo‘qmi, degan savolga Tramp: "buni qila oladigan usullar mavjud", degan. 

Shuningdek, NBC News vitse-prezident Jeyms Devid Vens prezidentlikka nomzod bo‘lishi va keyin rolni Trampga topshirishi mumkin bo‘lgan ssenariy mavjudligi haqida so‘radi. Tramp esa “bu mavjud usullardan biri”, deya qisqa javob qildi. Trampdan boshqa usullar haqida ham gapirish so‘ralganda, u shunchaki “yo‘q” deb javob bergan.

Ikki muddat cheklovini bekor qilish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish juda qiyin bo‘ladi, bu o‘zgartirishlarni kiritish uchun Kongressning uchdan ikki qismi yoki konstitutsiyaviy konvensiya chaqirishga rozi bo‘lgan shtatlarning uchdan ikki qismining ovozi talab qilinadi. Ammo bu yetarli bo‘lmaydi. Chunki mazkur to‘siqlardan o‘tilgach, yuqoridagi ikkala yo‘nalish ham shtatlarning to‘rtdan uch qismining ratifikatsiyasini talab qiladi.

Tramp avvalroq uchinchi muddatga saylanish haqida fikr bildirgan, biroq respublikachilar bu izohlarni hazil yoki Prezident o‘z tanqidchilarini trolling qilyapti, deb bilishgan. Ayni paytda Trampning ittifoqdoshi Stiv Bennon “News Nation” telekanaliga bergan intervyusida Tramp “2028 yilda saylovda qatnashib, yana g‘alaba qozonishiga” ishonishini aytdi. Bennon o‘sha intervyuda prezidentlik uchun maksimal ikki muddatga ega bo‘lishiga qaramay, Tramp uchinchi muddatga qanday nomzod bo‘lishi mumkinligini borasidagi so‘rovga "bizda bir nechta alternativlar bor" deb aytdi.

Ma’lumot o‘rnidan shuni ta’kidlab o‘tish joizki, AQSH konstitutsiyasidagi 22-tuzatish ikki marta prezident etib saylangan har bir kishini yana saylanishini taqiqlaydi. Shuningdek, ushbu tuzatishga ko‘ra, ikki yildan ortiq davom etgan va mandati tugamagan prezidentlik muddatini to‘ldirgan kishiga ham ikki martadan ortiq prezident etib saylanish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing