Tramp as-Sisini AQSHga taklif qildi

Olam

image

Bugun, 1 fevral kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va AQSH Prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi va Tramp as-Sisini rasmiy tashrif bilan Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda Misr yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

“Tramp prezidentga ochiq taklif yo‘llab, uni Vashingtonga tashrif buyurib, Oq uyda uchrashishga chorladi”, deyiladi bayonotda.

O‘z navbatida, as-Sisi ham Trampni Misrga tashrif buyurishga taklif qilib, bu tashrif strategik hamkorlikni mustahkamlash va Yaqin Sharqdagi inqiroz hamda muammolarni muhokama qilishga xizmat qilishini ta’kidlagan. Shuningdek, u AQSH Prezidentiga yangi Misr muzeyining ochilish marosimida ishtirok etishni taklif qilgan.

“Ikkala Prezident ham Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishishga bo‘lgan qiziqishini bildirdi”, deyiladi bayonotda.

Misr yetakchisi mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatish muhimligini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyat Prezident Trampning uzoq yillik nizolarni yakunlovchi doimiy va tarixiy tinchlik kelishuviga erishish qobiliyatiga umid bog‘layotganini qayd etgan.

Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalar, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsion aloqalarni mustahkamlash hamda suv xavfsizligi sohasidagi hamkorlik muhokama qilinganini bildirgan. Suhbat AQSH tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Trampning Misr va Iordaniya G‘azo sektori aholisini qabul qilishi kerakligi haqidagi chaqiriqlariga javob sifatida arab mamlakatlari falastinliklarni o‘z yerlaridan ko‘chirishni har qanday holatda rad etishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Abdulfattoh as-Sisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing