Tramp AQSHni butun dunyoga nima sharmanda qilayotganini aytdi

Olam

image

Vashingtonda bir guruh namoyishchilar Konfederatsiya armiyasi generali Albert Pikening politsiya bosh qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan haykalini yoqib yubordi. Voqeani izohlar ekan, AQSH Prezidenti huquq-tartibot idoralari ishini mamlakat uchun sharmandalik, deb atadi.

Amerika rahbari huquq-tartibot idoralari xodimlarini o‘z vazifalarini bajarmaganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular namoyishchilarning yodgorlikni buzishgani va yoqishganini shunchaki tomosha qilib o‘tirgan.

"Mamlakatimiz uchun sharmandalik!", dedi Oq uy rahbari.

Irqiy kamsitishga qarshi chiqqan namoyishchilar Konfederatsiya armiyasi generalining haykali yoqib yubordi. Bu vaqtda yaqin atrofdagi militsiya xodimlari bir necha daqiqa davomida hech qanday chora ko‘rmadi. O‘nga yaqin xodim kelib, yong‘inni o‘chirgandan so‘ng, odamlar tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, namoyishchilar AQSH Konfederativ Shtatlari Prezidenti Jefferson Devisning (1808-1889) Richmonddagi haykalini ag‘darishdi. Bundan tashqari, AQSHda fuqarolar urushi davrida (1861-1865) janubga qul bo‘lgan davlatlarni birlashtirgan Konfederatsiyaning artilleriya bo‘linmasi sharafiga o‘rnatilgan haykalni ham buzib tashlashdi.

Bunga javoban, noma’lum shaxslar qora tanli amerikalik tennischi Artur Ashning (1943-1993) Richmond shahrida joylashgan haykalini buzishdi. Yodgorlik yonida ular "Oqlarning hayoti muhim” degan yozuvni qoldirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh irqchilik

Baholaganlar

560

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing