Tramp AQSH elchixonasiga qilingan hujumga javob yo‘llashga va’da berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi AQSH elchixonasiga uchuvchisiz apparatlar orqali amalga oshirilgan hujumga javob qaytarilishini ma’lum qildi. Bu haqda u “NewsNation” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Ushbu voqea AQSHning Eronga qarshi operatsiyasi doirasida ro‘y bergani qayd etilmoqda. Donald Tramp “javob qanday bo‘lishini yaqin orada bilib olasiz” deya ta’kidlagan.

 “Biz ularga ulkan zarar yetkazyapmiz. Biz ularga juda katta talofat yetkazyapmiz”, degan Oq uy rahbari.

Tramp Vashington o‘z maqsadiga erishishga “juda yaqin” ekaniga ishonch bildirgan. Eronni hozir kim nazorat qilayotgani haqidagi savolga esa u: “Bu haqda ham juda yaqin orada bilib olasiz”, deb javob bergan.

Shuningdek, u AQSH ob’ektlari yoki mamlakat hududiga qilingan hujumlar haqida to‘xtalar ekan, “Bu urushning bir qismi. Odamlarga yoqadimi-yo‘qmi, bu urushning bir qismi”, deya ta’kidlagan.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Ar-Riyod shahridagi AQSH diplomatik vakolatxonasiga ikki dona uchuvchisiz apparat bilan hujum qilingan, shundan so‘ng kichik yong‘in yuz bergan. Idora zarar katta emasligini bildirgan.

“Fox News” muxbiri Jennifer Griffin X ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy manbaga tayanib yozishicha, hujum paytida diplomatik vakolatxonada hech kim bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q.

AQSH elchixonasi X orqali Jidda, Ar-Riyod va Daxron shaharlaridagi amerikaliklarga “hozir turgan joyida zudlik bilan boshpana topish va mintaqa bo‘ylab har qanday harbiy ob’ektlarga safar qilishdan tiyilish” chaqirig‘i bilan murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Saudiya Arabistoni Ar-Riyod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing