Tramp Abbosga G‘azodagi urushni tugatishga va’da berdi
Olam
−
09 noyabr
5431AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi va G‘azo sektorida urushni to‘xtatish masalasi bilan shug‘ullanishga va’da berdi. Bu haqda “Axios” xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, suhbat davomida Abbos Trampni g‘alaba bilan tabriklab, unga prezidentlik lavozimida muvaffaqiyat tilagan va xalqaro qonunchilik hamda adolatli va to‘liq tinchlikka intilishda birgalikda ishlashga tayyor ekanini bildirgan.
Falastin rahbari bayonotiga ko‘ra, Tramp urushni to‘xtatishga sodiqligini ta’kidlagan hamda mintaqaviy va global manfaatdor tomonlar bilan mintaqada tinchlikka erishish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Qayd etilishicha, Abbos va Tramp avvalroq Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb e’lon qilib, AQSH elchixonasini u yerga ko‘chirishga qaror qilganidan beri aloqa qilmagan.
“Bu qo‘ng‘iroq – Falastin rahbariyati Tramp bilan to‘rt yillik tanaffusdan keyin aloqalarni yangitdan boshlashni istashini ko‘rsatuvchi yangicha ishora”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi