Tramp 9 fevralni “Amerika ko‘rfazi kuni” deb e’lon qildi
Olam
−
10 fevral 2025 2365 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Air Force One bortida Meksika ko‘rfazi uzra parvozi chog‘ida 9 fevralni “Ko‘rfaz kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Tramp hukumat amaldorlari va barcha amerikaliklarni ushbu sanani tegishli tadbirlar va marosimlar bilan nishonlashga chaqirdi”, deyiladi Oq uy bayonotida.
Qayd etish joiz, Tramp lavozimiga kirishishining ilk kunidayoq Meksika ko‘rfazining nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatda ta’kidlanishicha, Prezident shu yo‘l bilan "hukumatga sog‘lom fikrni kiritmoqda va Amerika sivilizatsiyasi asoslarini yangilamoqda".
Google yangilangan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, servis xaritalarida ko‘rfazning yangi nomi aks etishi, Alyaskadagi Denali tog‘ining nomi esa “MakKinli” deb o‘zgartirilganini aytdi.
Google bayonotida aniqlik kiritilishicha, Qo‘shma Shtatlardagi foydalanuvchilar "Amerika ko‘rfazi" nomini ko‘radi, mamlakat tashqarisida esa ikkala versiya ham xaritalarda paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 78 yoshli Donald Tramp 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod va AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisni ortda qoldirib, g‘alaba qozondi. U 2017 yildan 2021 yilgacha AQSH prezidenti lavozimida ishlagan, shundan so‘ng uning o‘rnini demokrat Jo Bayden egallagan. Jeyms Devid Vens AQSHning 50-vitse-prezidenti bo‘ldi.
Live
Barchasi