Tramp 3 kun ichida Ukraina bo‘yicha rejasini oshkor qiladi – NYP

Olam

image
Tramp ma’muriyati Qrimni Rossiyaniki deb tan olishi mumkin – “Bloomberg” north_east

Tramp ma’muriyati Qrimni Rossiyaniki deb tan olishi mumkin – “Bloomberg”

AQSH Prezidenti Donald Trampning rejasi yaqin uch kun ichida e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, u Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu rejaga ko‘ra, Ukraina o‘z hududlarining 20 foizidan voz kechishi kerak.

“Keyingi uch kun ichida sizga to‘liq ma’lumot beraman. Ammo biz Ukraina va Rossiya bo‘yicha juda yaxshi uchrashuvlar o‘tkazdik... Ko‘ramiz, bu qanday ishlaydi”, degan Tramp jurnalistlarga.

NYP yozgan xabarda qayd etilishicha, Ukraina yerlariga joylashtiriladigan Yevropaning “tinchlikparvar kuchlari”ga rasmiy Vashington moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, rossiyaliklar, ukrainaliklar va NATOga a’zo bo‘lmagan uchinchi davlatning “qo‘shma komissiyasi”ga o‘xshab ko‘rinadigan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kuzatish uchun alohida kuch yaratish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Komissiya ikki tomonning o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishini ta’minlash uchun front chizig‘ini kuzatib boradi. Manbaning ta’kidlashicha, AQSH ham “yerdagi harbiy kuch” sifatida emas, balki uchinchi tomon bilan birga “pul kuchi” sifatida ishtirok etishi mumkin.

Nashr bilan suhbatda bo‘lgan rasmiyning ta’kidlashicha, Ukraina “de-yure” emas, balki “de-fakto” hududning tan olinishi deb hisoblansa, “o‘z yerining 20 foizidan voz kechishga tayyor”.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya va Ukraina joriy haftada tinchlik bitimini tuzishi mumkinligini yozib qoldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina tinchlikparvar kuchlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing