Tramp Hormuzni minalardan tozalash boshlanganini e’lon qildi
Olam
−
11 aprel 2337 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylari Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashni boshlaganini, Eronning barcha mina yotqizuvchi kemalari esa cho‘ktirilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Biz Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalash jarayonini boshlamoqdamiz. Ularning floti yo‘q qilindi, harbiy-havo kuchlari tor-mor etildi, zenit texnikasi mavjud emas, radarlari ishlamayapti, raketa va dron zavodlari raketa va dronlarning o‘zlari bilan birga deyarli yo‘q qilindi va eng muhimi – ularning ko‘p yillik “yetakchilari” endi oramizda yo‘q”, deb yozdi Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, endilikda Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya va boshqa ko‘plab davlatlarga xizmat sifatida Hormuz bo‘g‘ozini tozalash jarayoni boshlanadi.
“Aql bovar qilmaydi, lekin ularda bu ishni mustaqil ravishda bajarish uchun na jasorat va na iroda bor”, deydi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron haligacha Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq ocha olmayotgani, chunki u yerga o‘rnatilgan barcha dengiz minalarini aniqlolmayotgani va ularni tezkor zararsizlantirish imkoniyatiga ega emasligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi