Tojikistonliklar Qirg‘iziston amaldorlarining mashinasini toshbo‘ron qildi

Olam

image

Tojikiston fuqarolari tojik-qirg‘iz chegarasidagi Oqsoy qishloq kengashi raisi Alimbek Sobirovning mashinasini tosh bo‘ron qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining Botken viloyatidagi vakolatli idorasida ma’lum qilindi.

Prezident vakilining matbuot kotibi Azat Qurbonbekovning aytishicha, Sobirovning Honda CR-V avtomobilining oynalari sindirilgan. Hodisa 29 iyul kuni taxminan soat 20:10 da sodir bo‘lgan. Qishloq kengashi rahbari shifoxonaga yotqizilgan.

Sobirov Prezidentning Botken viloyatidagi chegaradog qishloqlarni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Mamir Rahimov va Prezidentning Botken viloyati vakilining o‘rinbosari Ma’ruf Tulayev bilan birgalikda Oqsoy qishlog‘iga kelgan. Ular vayron bo‘lgan uylar qurilishi bilan tanishganlar va Tosh-Tumshuq qishlog‘iga borib, u yerdagi yonib ketgan uylarni ko‘zdan kechirganlar.

Shu vaqtda qo‘shni Tojikistondagi Xo‘jayi A’lo qishlog‘ida 15-20 kishidan iborat guruh to‘plangan. Og‘zaki janjal bo‘lib, so‘ng Sobirovning mashinasiga tosh otilgan. Ravhimov va tulayev jarohat olmagan.

Ikki davlat huquq tartibot idoralari hodisa yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan. Unda Tojikistonning Isfara tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Nabijon Isozoda jinoyatchilarga nisbatan chora ko‘rishga va’da bergan. Tosh otganlardan moddiy zarar undirilishi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing