Tojikistonliklar Buxoroda YTHga uchradi

Jamiyat

image

Kecha, 19 avgust kuni Buxoro viloyatida Tojikiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Natijada 8 kishi jarohatlandi.

IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, YTH soat 15:37larda Jondor tumani chl massividan o‘tuvchi “G‘uzor-Nukus” A-380 yo‘lining 368-kmda yuz bergan. Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Dushanbe shahri Rudakiy ko‘chasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan Baxromiddin Xotamov “Mersedes-Spirinter” rusumli, TJ 77 85 PB 01 davlat raqam belgili mikroavtobusini haydab ketayotgan vaqtida, mikroavtobusning orqa o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonaga yotqizilgan 3 nafar va birlamchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan yana 5 nafar yo‘lovchilarga hamda haydovchiga tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi tashkil qilindi. Qolgan 8 nafar yo‘lovchilar esa hech qanday jarohat olmagan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing