Tojikistondan O‘zbekistonga kirib kelgan yuk poyezdi ostidan 2 kg narkotik topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi ostida yashirilgan salkam 2 kilo narkotik topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bekobod tumani “Bekobod-temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktiga “Xo‘jand-Aris” yo‘nalishida Tojikiston Respublikasidan kirib kelgan yuk poyezdi hamda uning tarkibida bo‘lgan vagonlarda belgilangan tartibda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirilgan. Natijada qurilish mollarini tashishga mo‘ljallangan vagonlarning birining juft g‘ildiraklarini ulab turuvchi tayanch asosining g‘ovagida qora rangli politelen paket borligi aniqlangan. 

Paket xolislar va mutaxassislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, uning ichidagi ikki o‘ramda 1 kg 949 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing