Tojikistondagi zilzilada 5 kishi halok bo‘ldi. Uning ta’siri O‘zbekistonda ham sezilgandi

Olam

image

Bugun, 10 iyul kuni Tojikistondagi zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Rasht tumanida 20 ga yaqin uy vayron bo‘ldi, 5 kishi vafot etgan. Ushbu zilzilaning ta’siri avvalroq O‘zbekistonda ham sezilgandi.

“Tojikobod viloyatining Langari Shox qishloq jamoatida zilzila oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, Rasht tumani Hijborak qishloq jamoatining voyaga yetmagan ikki fuqarosi jarohat oldi, ular shifoxonaga yotqizildi”, deyiladi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Dushanbedan 165 km shimoliy-sharqda, Rasht tumanidan 21 km sharqda bo‘lgan. Zilzila epitsentrida silkinish kuchi 5-6 ball, Dushanbeda 2-3 ballni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hijborak qishloq jamoatining Xazorchashma va Yarxob qishloqlarida zilzila oqibatida 7 ta uy, Rasht tumani Askalon qishloq jamoatining Sharxo va Sari Shuxon qishloqlarida 12 ta uy zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 07:14 da (Grinvich bo‘yicha 02:14 da) Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi. 

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

  • Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 199 km;
  • Guliston shahrida 3-4 ball, 256 km;
  • Namangan shahrida 3-4 ball, 260 km;
  • Andijon shahrida 3-4 ball, 262 km;
  • Jizzax shahrida 3 ball, 294 km;
  • Toshkent shahrida 3 ball, 307 km;
  • Samarqand shahrida 3 ball, 342 km;
  • Termiz shahrida 3 ball, 351 km;
  • Qarshi shahrida 3 ball, 432 km;
  • Navoiy shahrida 2 ball, 486 km.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing