Tojikistonda yana bir zilzila (aftershok) sodir bo‘ldi
Olam
−
23 mart 2023 25215 1 daqiqa
Bugun, 23 mart kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila ortidan aftershok — yana bir yer osti silkinishi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:36 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 20:36 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari:
39,38 gradus shimoliy kenglik;
69,8 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3, 9. Chuqurlik 15 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 215 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 01:07 da (22. 03. 2023 yil, Grinvich bo‘yicha 20: 07 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila magnitudasi 6 ballni tashkil etdi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km.
Farg‘ona viloyatida 5 ball, 192 km.
Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km.
Toshkent shahrida 5 ball, 217 km.
Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km.
Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km.
Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km.
Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km.
Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km.
Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km.
Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.
Live
Barchasi