Tojikistonda O‘zbekiston bilan hamkorlikda universitet ochiladi

Jamiyat

image

Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston bilan hamkorlikda universitet ochiladi. Bu haqda qo‘shni davlat Xalq ta’lim vaziri Muhammadyusuf Imomzoda ma’lum qilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shma universitet ochish taklifi O‘zbekiston tomonidan bildirilgan. Yangi oliygoh Xo‘jand universiteti qoshida tashkil etiladi. OTMda qanday fakultetlar bo‘lishi, to‘lov turi va qiymati, ta’lim qaysi tilda amalga oshirilishi ikki tomon kelishuvida tasdiqlanadi.

2020 yil oktyabr oyida Xo‘jand davlat universitetida Toshkent davlat yuridik universitetining fakulteti ochilgandi. Bu fakultetda ta’lim ingliz va rus tillarida xalqaro standartlar asosida amalga oshirilishi aytilgandi. Bu fakultetni tamomlaganlarga Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universtiteti diplomi beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing