Tojikistonda tojik-xitoy antiterror mashg‘ulotlari boshlanmoqda

Olam

image

Tojikiston chegarasidagi Vahdat shahri Romit darasida bugun, 17 avgust kuni tojik-xitoy antiterror mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, harbiy mashg‘ulotlar 20 avgustga qadar davom etadi. Mashg‘ulotga Tojikiston Ichki ishlar vazirligi hamda Xitoy jamoat xavfsizligi maxsus bo‘linmalari jalb qilinadi. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 avgust kuni Tojikiston Ichki ishlar vaziri general-polkovnik Ramazon Rahimzoda Lyu Yunfeng rahbarligida Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi vakillari bilan Dushanbeda uchrashgan. 

Uchrashuv davomida tomonlar Tojikistonning tog‘li sharoitida terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus tuzilmalarning yuqorida qayd etilgan qo‘shma taktik mashqlarini o‘tkazish masalalarini muhokama qilganlar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-10 avgust kunlari Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi yaqinida joylashgan “Xarbmaydon” poligonida Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan harbiy xizmatchilar ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgandi. Unda 2,5 ming askar ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

tojik-xitoy

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar