Tojikistonda ayol ko‘katli somsadan zaharlanib vafot etdi
Olam
−
12 avgust 2023
4694Tojikistonning Isfara viloyatida bir oilaning to‘rt a’zosi ko‘katli somsadan zaharlandi, oqibatda ulardan biri 10 avgust kuni shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Qayd etilishicha, oila vakili Fotimaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam so‘rab murojaat qilganidan so‘ng, vaziyat mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganilgan.
Isfara shifoxonasida aniq tashxis qo‘ya olishmagani uchun, Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan dastlab ikki nafar bola, 6 yoshli Mustafoxo‘ja, 10 yoshli Abdulloxon, keyinroq ularning ota-onasi 53 yoshli Abdumavlon Rahimov va 44 yoshli Muqaddas Mahmudova ham Dushanbedagi shifoxonaga o‘tkazilgan.
Shundan so‘ng, oilaning har to‘rt a’zosiga “Ikkinchi darajali toksik koagulopatiya” tashxisi qo‘yilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 44 yoshli ayol poytaxtdagi kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng o‘zini yaxshi his qila boshlagan, biroq to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashgan va ko‘p qon ketishi oqibatida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi to‘yxonalarning birida 41 kishi uy sharoitida tayyorlangan salatdan zaharlangandi.
Hozirda bolalar salomatligi shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda. Biroq ularning otasi, 53 yoshli Abdumavlon Rahimovning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Durdona Shirinova
LiveBarchasi