Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikda harbiy texnika ishlab chiqarmoqchi

Olam

image

Tojikiston parlamenti quyi palatasi 2018 yil avgust oyida Toshkent va Dushanbe o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha shartnomani bir ovozdan ratifikatsiya qildi, deya xabar berdi ASIA-Plus sayti.

Tojikiston mudofaa vaziri o‘rinbosari Emomali Sobirzodaning ta’kidlashicha, mazkur bitim doirasida ikki davlat hamkorligida qurol-aslaha va harbiy texnika ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Qolaversa, hujjat harbiy aslahalari birgalikda ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, harbiy delegatsiya va ma’lumotlarni almashishni nazarda tutadi.

Chegaralarni minalardan tozalash masalasiga to‘xtalar ekan Sobirzoda ushbu jarayon O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotganini qayd etgan. “Ular bizning yordamimizni rad etishdi, chunki minalardan tozalash ishlari to‘laligicha qo‘shni davlat hududida olib borilmoqda”, degan vazir o‘rinbosari.

Emomali Sobirzoda, shuningdek, ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikda hech qanday muammo yo‘qligini aytgan. “Biz o‘zbekistonlik hamkasblar bilan doimiy muloqotdamiz, yaqin orada Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlarining navbatdagi qo‘shma mashg‘ulotini o‘tkazamiz”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat mudofaa idoralarining birinchi aksilterror mashg‘ulotlari o‘tgan yili sentyabr oyida Tojikistondagi “Choruxdayron” harbiy-o‘quv poligonida o‘tkazilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston harbiy texnika

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing