Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini kamaytirdi

Jamiyat

image

Tojikiston Afg‘oniston va O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini kamaytirdi va Qirg‘izistonga sotishni boshladi. Bu haqda “Sputnik” nashri “Avesta”ga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyining boshidan Afg‘oniston va O‘zbekistonga 220 kV-500 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilgan.

Endi qo‘shni davlatlar tojik elektr energiyasini 110 kV past kuchlanishli elektr uzatish liniyalari orqali oladi. Shunday qilib, 3 oktyabrda Afg‘onistonga 660 ming kVt /soat, O‘zbekistonga esa 827 ming kVt /soat eksport qilindi.

Shu bilan birga, Tojikiston Qirg‘izistonga elektr energiyasini sotishni boshladi. Eksport qo‘shni davlatning To‘xtogul suv omborida suv sathining pastligi bilan bog‘liq.

“Bu qo‘shni davlatga eksport qilinadigan elektr quvvati kuniga 1,2 million kVt /s dan oshadi. Biz respublikaning asosiy gidroelektrostansiyalari joylashgan Vashx daryosiga suv oqimi kamaygani uchun bu hajmdan ortiq yetkazib bera olmaymiz”, deydi nashr manbasi.

Shu bilan birga, Qirg‘izistonga eksport qilinadigan elektr energiyasini yetkazib berish narxi va vaqti aniq ma’lum emas.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing