Tojikiston Prezidentining Toshkentga tashrifi boshqa muddatga qoldirildi

Jamiyat

image

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining  ikkinchi norasmiy sammitida qatnashish uchun Toshkentga shu yil 12 aprelda qiladigan safari boshqa muddatga qoldirildi.

Xabarga ko‘ra, uchrashuv prezidentlarning o‘zaro kelishuvi bilan boshqa muddatga qoldirilgan.

Unda qayd etilishicha, mintaqa mamlakatlari yetakchilarining Toshkentdagi bo‘lajak uchrashuvi sanasi hozircha aniq emas, unga diplomatik kanallar orqali oydinlik kiritiladi. 

Manbada Markaziy Osiyo mamlakatlari Navro‘z bayramini keng nishonlashi va shu kunlarda prezidentlarning grafigi tig‘iz bo‘lishi aytib o‘tilgan.

Mamlakatlar o‘rtasidagi barcha, jumladan, savdo, iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar kasbi sohalardagi hamkorlik davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi kun tartibidan joy olgan. 

O‘zbekiston tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday sammitning dastlabkisi o‘tgan yil 15 mart kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing