Tojikiston arab alifbosiga o‘tadimi?
Olam
−
23 avgust 2019
6182Kirill alifbosi tojik xalqining barcha ijtimoiy, madaniy, ilmiy va ta’lim ehtiyojlariga javob beradi, dedi Tojikiston Ta’lim va fan vaziri Nuriddin Said. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Tojikiston hech qachon kirill alifbosidan arab alifbosiga o‘tishni rejalashtirmagan. Biz bunga ehtiyoj sezmayapmiz", dedi u.
Unga ko‘ra, Tojikistonning o‘rta maktablaridagi o‘quv dasturiga muvofiq 7-8-sinf o‘quvchilari ota-bobolarining alifbosini o‘rganadi. "Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi ushbu alifboni o‘rganishni istagan har bir kishi uchun zarur bo‘lgan darsliklar, o‘quv materiallari va bolalar badiiy adabiyotlarini nashr etdi", dedi vazir.
Vazirning ta’kidlashicha, arab grafikasi darslarini maktab o‘quv dasturiga kiritish hech qanday ma’noda tojik rasmiylarining kelgusida arab yozuviga rasmiy ravishda o‘tish istagini anglatmaydi.
"O‘zining uzoq tarixi davomida tojik xalqi 7-9-asrlardan 20-asrning 20-yillari boshlariga qadar arab grafikasidan foydalangan. Tojikistonda Sovet hokimiyati o‘rnatilishi bilan 1922 yildan boshlab an’anaviy arab yozuvidan lotin alifbosiga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Bu jarayon 1936 yilga kelib yakunlandi, ammo 1939 yilda yozuv tizimida yangi islohot bo‘lib o‘tdi va tojik tili kiril yozuviga o‘girildi ", deya qo‘shimcha qildi u.
LiveBarchasi